Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Texnologiyalar 14/06/2025 McKinsey & Company vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

McKinsey & Company vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligida xalqaro konsalting sohasining yetakchi kompaniyalaridan biri – McKinsey & Company vakillarining rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida mehmonlarga O‘zbekistonning raqamlashtirish jarayonlari, AKT infratuzilmasi va elektron hukumat tizimi haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etildi. Raqamli transformatsiya strategiyasi, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya muhitining ochiqligi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya, shuningdek, UZINFOCOM markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, axborot tizimlari, ma’lumotlar markazlari va texnologik infratuzilmalarga oid loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuvning asosiy qismida McKinsey & Company kompaniyasining katta hamkori Yermolai Solzhenitsyn va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida texnologik rivojlanish, raqamli sohada xalqaro konsalting xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston va McKinsey o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Mehmonlar O‘zbekistonning raqamli islohotlarga bo‘lgan qat’iy siyosati va xalqaro hamkorlikka ochiqligini yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling