Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
Mashinasozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Mashinasozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Mashinasozlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston-Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida turli mavzularda seksiyalar o‘z ishini davom ettirmoqda.

 “Mashinasozlik kompleksida hamkorlik istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tgan seksiya yig‘ilishida ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari, yirik sanoat kompaniyalari vakillari hamda ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.

Seksiya ishida avtomobilsozlik va mashinasozlik tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish mexanizmlari, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish borasidagi imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirkor ayollar biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi sheriklik istiqbollari, shuningdek, kabel mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyiha tashabbuslarini ilgari surdi.

Seksiya yakunida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ishlab chiqarishda raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling