Mart oyining oxirida qo‘shimcha Afrosiyob reyslari amalga oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Navro‘z va Ramazon bayramlari munosabati bilan yurtimizda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida qator qo‘shimcha temir yo‘l qatnovlari tashkil etildi.
Jumladan, “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektropoyezdi "Samarqand — Toshkent — Samarqand" (№775/776 reyslar) yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yil 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31 mart va 1 aprel kunlari qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd harakat jadvali:
Reys №775 "Samarqand — Toshkent"
Samarqanddan jo‘nash: 10:55
Toshkentga yetib borish: 13:15
Reys №776 "Toshkent — Samarqand"
Toshkentdan jo‘nash: 13:56
Samarqandga yetib borish: 16:14