Valyuta kurslari 14/07/2025
$1 – 12615.07
UZS – -0,15%
€1 – 14754.59
UZS – -0,45%
₽1 – 162.02
UZS – -0,22%
Qidirish
Iqtisod 14/07/2025 Markirovkalangan mahsulotni quyib sotish (rozliv) uchun jazo choralar qo‘llanilmaydi

Markirovkalangan mahsulotni quyib sotish (rozliv) uchun jazo choralar qo‘llanilmaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hozirgi kunda markirovkalanmagan alkogolli mahsulotlar, suv va salqin ichimliklarni realizatsiya qilish Soliq kodeksining 227¹-moddasiga asosan huquqbuzarlik hisoblanadi.

Shu bilan birga, markirovkalangan alkogolli mahsulotlar, suv va salqin ichimliklarning qisman sotuvga chiqarilishi (quyib sotish)ni to‘g‘ri hisobga olish imkonini beruvchi texnik yechim va reglamentning tasdiqlanmagani sababli, tadbirkorlarga noto‘g‘ri quyib sotish uchun jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Bu birinchi navbatda, umumiy ovqatlanish, restoran va mehmonxona sohasidagi korxonalarga taalluqlidir, chunki ular faoliyatining xususiyati bo‘yicha suv, salqin ichimliklar va alkogolning zavod qadoqlarini ochib, keyinchalik sotishga chiqaradilar.

Majburiy raqamli markirovka qoidalarining buzilishi faqat markirovkasiz mahsulotlarni quyib sotishda tan olinadi.

Soliq qo‘mitasi tomonidan markirovkalangan mahsulotlarni donalab yoki quyib sotish bo‘yicha belgilangan tartibda realizatsiya qilishni to‘g‘ri va biznes uchun qulay tarzda tashkil etishga qaratilgan texnik yechim ishlab chiqilmoqda. Yaqin vaqt ichida ushbu masala bo‘yicha biznes vakillari bilan kelishilgan reglament amaliyotga joriy etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling