Markaziy Osiyodagi birinchi “Destination by Hyatt” kurorti O‘zbekistonda ochiladi

Markaziy Osiyodagi birinchi “Destination by Hyatt” kurorti O‘zbekistonda ochiladi

Markaziy Osiyodagi birinchi “Destination by Hyatt” kurorti O‘zbekistonda ochiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston obro‘li xalqaro mehmonxona brendi – “Destination by Hyatt” faoliyat yuritadigan dunyoning to‘qqizinchi mamlakati bo‘ladi. “Destination by Hyatt” – bu mustaqil mehmonxonalar va kurortlar kolleksiyasi bo‘lib, ularning har biri alohida o‘ziga xoslikka ega bo‘lish barobarida umumiy falsafa – o‘zi joylashgan maskanning asl ruhiyatini aks ettirishdek umumiylikka ega. Jo‘shqin shahar markazi bo‘ladimi yoki keng ko‘lamli kurort majmuasimi – har bir obyekt atrof-muhitning noyob ruhiyayati va xususiyatlarini namoyon etadi.

2026-yil 30-mart, Toshkent viloyati — O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk “Destination by Hyatt” brendi ostidagi obyektning qurilishi bormoqda. Loyihaga Beldersoy Resort & SPA nomi berildi. Kurortning ochilishi 2026-yil bahorga rejalashtirilgan. Mehmonxona majmuasi Bildirsoy tog‘-chang‘i trassasi yaqinida joylashgan bo‘lib, Bo‘stonliq tumani sayyohlik infratuzilmasini boyitadi. Kurort 109 ta xona va 39 ta villaga ega.

“Kurort loyihasiga investitsiyalarning umumiy hajmi 130 mln AQSH dollarini tashkil qiladi. Qurilish bosqichida 1 500 ish o‘rni tashkil etildi, ish boshlangandan keyin esa 590 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi. Bu professional o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi”, – xabar berdi loyihaga egalik qiluvchi “Hotel Invest Group” kompaniyasining vakili.

“Beldersoy Resort & SPA” O‘zbekistondagi yorqin faol dam olish va tog‘ turizmi maskani bo‘lib, bizning ustuvor maqsadimiz tabiatga g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lishdir. Majmua hududida tabiiy landshaft va soya-salqin joylar maksimal darajada saqlangan, tozalash inshootlari barpo etilmoqda, o‘z kanalizatsiya tizimi yotqizilmoqda va energiyani tejash hamda suvni tozalash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilmoqda”- qayd etadilar “Hotel Invest Group” vakillari.

Hozirda “Destination by Hyatt” mehmonxonalari dunyoning sakkizta mamlakati: AQSH, Kanada, Peru, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiyada taqdim etilgan. O‘zbekistonda obyektning ishga tushirilishi premial turizmdagi yangi yo‘nalish sifatida mamlakat maqomini ta’kidlab ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling