Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Markaziy Osiyoda iqlim moliyasidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Markaziy Osiyoda iqlim moliyasidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Markaziy Osiyoda iqlim moliyasidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Joriy yilning 10-dekabr kuni Global yashil o‘sish instituti (GGGI), Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot tashkiloti (FCDO), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim moliyasidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish” bo‘yicha mintaqaviy loyiha doirasida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev, GGGI bosh direktori o‘rinbosari va Osiyo mintaqaviy direktori Dr. Malle Fofana, GGGI’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Stella Sin Yon Li, Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rivojlanish direktori Sara Kuper, GIZ’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha iqlim o‘zgarishi dasturi rahbari Sergey Makarov hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirdan asosiy maqsad iqtisodiyot tarmoqlarini dekarbonizatsiya qilish, “yashil” investitsiyalarni jalb etish hamda iqlim moliyasini kengaytirish yo‘nalishida tijorat banklari salohiyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida GGGI bosh direktori o‘rinbosari va Osiyo mintaqaviy direktori Dr. Malle Fofana bilan uchrashuv o‘tkazilib, quyidagi yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi:

Parij bitimining 6-moddasi doirasida uglerod birliklari savdosi mexanizmlarini joriy etish;

zamonaviy energiya samarador va kam uglerodli texnologiyalar bo‘yicha tajriba loyihalarini, shu jumladan energetika sektori uchun raqamli va aqlli yechimlarni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish;

O‘zbekistonning milliy yashil taksonomiya tizimini yanada takomillashtirish va iqlimni moliyalashtirish sohasida institutsional salohiyatni mustahkamlash;

mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, “yashil” taraqqiyot masalalari bo‘yicha tajriba almashish va yondashuvlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, axborot va texnologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish.

Muzokaralar yakunida amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi va yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirishga kelishildi hamda kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling