Markaziy Osiyoda birinchi marta Toshkentda nufuzli FIA mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi
Markaziy Osiyoda birinchi marta Toshkentda nufuzli FIA mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Xalqaro avtomobil federatsiyasining (FIA) yil yakunlariga bagʻishlangan tarixiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu nufuzli marosim Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston yirik xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazib kelayotgani tufayli sport olamida mamlakatimizning o‘rni sezilarli darajada mustahkamlanmoqda.
FIA marosimining Toshkentda o‘tkazilishi ham aynan shu ishonch va obro‘ning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Bu yilgi taqdirlash marosimi o‘ziga xos tashkil etilib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha chempionlik mashinalarining asl nusxalari Toshkentga olib kelindi.
Marosim davomida turli yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etgan poygachilar va jamoalar tantanali ravishda taqdirlanishdi.