Markaziy Osiyoda aylanma iqtisodiyotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Markaziy Osiyoda aylanma iqtisodiyotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Markaziy Osiyoda aylanma iqtisodiyotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Yevropa Ittifoqining “SWITCH-Asia” dasturini amalga oshirish bo‘yicha delegatsiyasi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda biznes yetakchiligi, innovatsiyalar va investitsiyalar orqali aylanma iqtisodiyotni kengaytirish” mavzusida uchinchi mintaqaviy muloqot tashkil etildi.

Tadbirda Senat aʼzolari, Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Yevropa Ittifoqi hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ekspertlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Muloqot doirasida Markaziy Osiyo mintaqasida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini milliy darajada joriy etish bo‘yicha hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishda uzoq muddatli mintaqaviy ekologik boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda parlamentlarning roliga alohida eʼtibor qaratdilar.

Shu bilan birga, qonunchilik tashabbuslarini takomillashtirish, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, ishtirokchilar biznes, investitsiyalar va innovatsiyalar orqali iqtisodiyotni transformatsiya qilish, resurslardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, hamda chiqindilar hajmini kamaytirishga qaratilgan siyosiy choralar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Muhokama chog‘ida senatorlar Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida aylanma iqtisodiyot sohasida parlamentlararo va institutsional hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda qonun chiqaruvchi organlarning masʼuliyatini oshirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar aylanma iqtisodiyotni amalga oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish orqali mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash zarurligini qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling