Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilishga oid qonun ko‘rib chiqildi

 “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilishga oid qonun ko‘rib chiqildi

“Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilishga oid qonun ko‘rib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ushbu Qonun Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy muloqot, iqtisodiy rivojlanish, transport-kommunikatsiya, investitsiya, energetika, taʼlim hamda madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Nizomda “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasida Kotibiyatning vazifalari, mexanizmlari va hamkorlik yo‘nalishlari belgilab beriladi. Xususan, Kotibiyat sherik mamlakatlar o‘rtasida kelishuvlarni muvofiqlashtirish, amaliy loyihalarni samarali amalga oshirish va doimiy muloqot platformasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Nizomning ratifikatsiyasi O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirib, hududiy iqtisodiy, investitsiyaviy va infratuzilmaviy, transport va logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, yangi koridorlar yaratish va savdo aylanmasini oshirishga xizmat qiladi.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlikka oid tashabbuslarini amalga oshirishda, “Markaziy Osiyo – Xitoy” formati doirasidagi konstruktiv muloqot va amaliy sheriklikni yana-da kuchaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling