Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ratifikatsiya qilinmoqda

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ratifikatsiya qilinmoqda

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizom ratifikatsiya qilinmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati platforma shaklidagi davlatlararo tuzilma hisoblanib, uning kotibiyatiga Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan tegishli ta’sis hujjatlarini imzolash orqali asos solinmoqda.

Mazkur diplomatik muloqot shakli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, o‘zaro hurmat, ishonchga asoslangan ko‘p asrlik do‘stlik va sheriklik rishtalari hamda yaqin aloqalarni o‘rnatish, amaliy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.

“Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati 2023-yil 19-maydagi ushbu format ishtirokchi-davlatlari qabul qilgan Sian deklaratsiyasiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Kotibiyat Formatning ijro organi hisoblanadi. Kotibiyat Format ishtirokchi-davlatlarining sammitlari va tashqi ishlar vazirlari uchrashuvlarini tashkiliy, texnik va axborot jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizomni ratifikatsiya qilish nazarda tutilmoqda. “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati to‘g‘risidagi nizom muqaddima va 4 ta bo‘limdan iborat. Hujjat bilan Kotibiyatning vazifalari, vakolatlari, tuzilishi va tarkibi, huquqi, majburiyatlari hamda maqomi huquqiy mustahkamlangan.

Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyatida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash, mazkur platformada mintaqaviy tashabbuslarni munosib ilgari surish, milliy manfaatlarni munosib himoya qilish imkonini berishi ta’kidlandi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling