Valyuta kurslari 12/12/2025
$1 – 12047.45
UZS – 0,22%
€1 – 14099.13
UZS – 0,79%
₽1 – 151.90
UZS – -2,31%
Qidirish
Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida tahlil markazlari mutaxassislarining 9-forumi o‘tkazildi

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida tahlil markazlari mutaxassislarining 9-forumi o‘tkazildi

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida tahlil markazlari mutaxassislarining 9-forumi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xodimlari dekabr oyi boshida Urumchi shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida tahlil markazlari mutaxassislarining 9-forumi (CAREC Think Tank Development Forum) da ishtirok etdi.

Unda asosiy eʼtibor mintaqaviy hamkorlik, "yashil iqtisodiyot" va innovatsion moliyalashtirishni rivojlantirishga qaratildi. Forumning dastlabki sessiyalarida innovatsion moliyalashtirish modellari, “yashil bank" tashabbuslari, barqaror kreditlash tajribalari va iqlim moliyasi kabi mavzular tahlil qilindi. Muhokamalarda MHTI yetakchi mutaxassisi Nodira Jabborova ham faol ishtirok etdi va CAREC Tahlil markazlari tarmog‘i (CTTN) ni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni bildirdi.

Shuningdek, Urumchi shahrida Tyan-Shan Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik forumi ham o‘tkazildi. U mintaqaviy iqtisodiy integratsiya, transport, savdo va investitsiya sohalarida aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlandi va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari belgilandi. Markaziy Osiyo moliyaviy hamkorlik tadqiqot markazining ochilishi forumning muhim voqealaridan biri bo‘ldi. Ushbu yangi markaz aʼzo davlatlar o‘rtasida moliyaviy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: CAREC dasturi – bu mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan dastur. Unda Afg‘oniston, Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ishtirok etadi. Dastur 1997-yilda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling