Valyuta kurslari 30/10/2025
$1 – 11990.53
UZS – -0,12%
€1 – 13959.38
UZS – -0,24%
₽1 – 150.71
UZS – 0,33%
Qidirish
Markaziy Osiyo mamlakatlari kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy dasturni boshlashdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy dasturni boshlashdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari kelajakdagi pandemiyalarning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy dasturni boshlashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi hayvonlari kasallanishining yuqori darajada ekanligi, ularning genetikasi zaifligi va samarasiz saqlash usullari tufayli chorvachilik unumdorligi va raqobatbardoshligi cheklanganligicha qolmoqda.

Hayvonlar kasalliklari keltirib chiqaradigan pandemiyalarning iqtisodiy zarari katta. Masalan, hozirgi tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda, 2048-yilga borib yovvoyi tabiat, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va odamlarga zarar yetkazuvchi kasallik — brutsellyozdan yo‘qotishlarning qiymati 1,15 milliard dollarga yetishi mumkin. Yo‘qotishlarning asosiy qismi ishlab chiqarish va savdo hajmining pasayishi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, brutsellyoz tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktika choralari kelgusi 25 yil ichida 294 million dollargacha foyda keltirishi mumkin.

Ushbu hafta Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari Jahon banki, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM) va boshqa xalqaro hamkorlar ko‘magida "Yagona salomatlik" mintaqaviy dasturini ishga tushirdilar.

Dastur Markaziy Osiyo mamlakatlarining hayvonlar kasalliklari, mikroblarga qarshi chidamlilik va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma mintaqaviy tashabbus hisoblanadi.

Mintaqaviy dastur doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

hayvonlar kasalliklarining oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashish uchun mintaqaviy muvofiqlashtirish va ma’lumotlar almashishning ishonchli mexanizmlarini yaratish;

tadqiqotlar, ta’lim va mutaxassislarni, shu jumladan veterinariya va tibbiyot xodimlarini tayyorlash orqali kadrlar salohiyatini oshirish;

epidemiologik nazorat tizimlari, laboratoriya tarmoqlari va kasalliklarning o‘chog‘ bilan tezkor kurashish mexanizmlariga sarmoya kiritish.

Dasturning birinchi bosqichida Jahon banki tomonidan belgilangan maqsadlar uchun Qirg‘iziston Respublikasiga 30 million dollar imtiyozli moliyalashtirish va Tojikistonga 30 million dollar miqdorida grant ajratish ko‘zda tutilgan.

Umuman olganda, yaqin yillarda Bank tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarini ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlashning umumiy hajmi 130 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling