Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
Markaziy Osiyo mamlakatlari 2035-yilgacha transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari 2035-yilgacha transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Markaziy Osiyo mamlakatlari 2035-yilgacha transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari transport vazirlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari hozirgi global geosiyosiy beqarorlik, savdo va transport-logistika zanjirlarining uzilishi, oziq-ovqat xavfsizligi muammolarining keskinlashuvi sharoitida o‘zaro hamkorlikning dolzarbligi sezilarli darajada oshib borayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Bunday sharoitda hamkorlikning yangi yo‘llari va mexanizmlarini izlash, umumiy va o‘zaro manfaatli maqsad va vazifalarni ilgari surish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda transport vaziri I.Maxkamov Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining 2035-yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi "CATRANS – 2035" hujjati loyihasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Markaziy Osiyoning ishonchli sherik sifatidagi mavqeini mustahkamlaydigan transport yo‘laklarini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladilar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari transport vazirlarining uchinchi uchrashuvi yakunida Toshkent kommyunikesi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling