Markaziy depozitariy Gruziya banki va BNY bilan hamkorlikni muhokama qildi
Markaziy depozitariy Gruziya banki va BNY bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-noyabr kuni Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysida Bank of Georgia va Bank of New York Mellon vakillari bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv o’zaro hamkorlikni rivojlantirish va amaldagi operatsion jarayonlarni muhokama qilish masalalariga ga bag‘ishlandi.
Delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston kapitаl bozorini tartibga solish yo’nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, depozitar operatsiyalarni hisobga olish tartibini belgilovchi yangi depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari hamda depozitar xizmat ko‘rsatish tartibi, mavjud hisob turlari va chet ellik nominal saqlovchilar bilan ishlash shartlari haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar hozirgi hamkorlik jarayoni, operatsion infratuzilma, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida operatsiyalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston kapitаl bozori infratuzilmasini xalqaro moliya institutlari bilan yanada chuqur integratsiya qilish borasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Bank of Georgia "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysida chet el nominal saqlovchisi sifatida hisobvaraq ochgan ilk ishtirokchisi hisoblanadi.