Valyuta kurslari 28/07/2025
$1 – 12581.73
UZS – -0,57%
€1 – 14764.66
UZS – -0,72%
₽1 – 158.34
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 28/07/2025 Marg‘ilonda Margilan City Mall ko‘p funksiyali majmuasining qurilishi boshlandi

Marg‘ilonda Margilan City Mall ko‘p funksiyali majmuasining qurilishi boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida savdo, turar joy va dam olish infratuzilmasini o‘z ichiga olgan Margilan City Mall ko‘p funksiyali majmuasining qurilishiga rasman start berildi.

Loyiha doirasidagi birinchi tosh qo‘yish marosimi “Navro‘z” mahallada bo‘lib o‘tdi. Mazkur hududda “Yangi O‘zbekiston” massivida ko‘p qavatli turar joy binolarining qurilishi jadal surʼatlarda davom etmoqda. Tantanali tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov, qurilish sohasi vakillari hamda hurmatli oqsoqollar ishtirok etdi.

Qiymati 35 million AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu loyihaga ko‘ra, zamonaviy savdo va ko‘ngilochar markaz, 12, 14 va 16 qavatli 11 ta ko‘p qavatli uy, 785 ta kvartira, avtoturargohlar, bolalar o‘yin maydonchalari hamda keng atrium barpo etilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimiga qurilishi ko‘zda tutilgan obyektlar va loyihani amalga oshirish bosqichlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Oqsoqollar tomonidan duo qilinganidan so‘ng, Margilan City Mall majmuasining qurilishi rasman boshlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling