Valyuta kurslari 20/01/2026
$1 – 12051.71
UZS – 0,74%
€1 – 14008.91
UZS – 0,87%
₽1 – 154.69
UZS – 0,49%
Qidirish
Marg‘ilan shahar sudi "Antikorrupsiya” nashri sobiq jurnalisti Elyor Tojiboyevni to‘rt yillik qattiq rejimli koloniyaga mahkum qildi

Marg‘ilan shahar sudi "Antikorrupsiya” nashri sobiq jurnalisti Elyor Tojiboyevni to‘rt yillik qattiq rejimli koloniyaga mahkum qildi

Marg‘ilan shahar sudi "Antikorrupsiya” nashri sobiq jurnalisti Elyor Tojiboyevni to‘rt yillik qattiq rejimli koloniyaga mahkum qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Marg‘ilan shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha 20 yanvar kuni Farg‘ona viloyatidagi "AK XALQPARVAR GURUHI" MCHJ (“ANTIKORRUPSIYA” OAV) nashri maxsus muxbiri va Effect.uz sobiq xodimi Elyor Tojiboyevga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda viloyat sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Tojiboyev Jinoyat kodeksikodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi, 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Jamiy jazo muddati 3 yil 10 oy qamoq deb belgilandi. Ammo sud 60 va 61-moddalarni inobatga olgan holda (bir nechta hukmlar bo‘yicha jazo tayinlash) avvalgi jinoyatlar uchun shartli erkinlikni bekor qildi va natijada Tojiboyevni to‘rt yillik qattiq rejimli koloniyaga mahkum qildi.

Aytish joizki, 2021 yil noyabr oyida Tojiboyev 219 va 236-moddalar bo‘yicha uch yillik qamoqqa mahkum qilingan edi va jazo koloniya-posyoleniyeda o‘talib kelingan.

Ushbu hukmning asosi Effect.uz nashri xodimlari va Termiz tuman sudi raisi o‘rtasida xizmat kabinetida sodir bo‘lgan mojaroni ko‘rsatuvchi videoyozuvini tarqatishi edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling