Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
O‘zbekiston 31/05/2025 Maniladagi xalqaro forumda O‘zbekistonning uy-joy islohotlari taqdim etildi

Maniladagi xalqaro forumda O‘zbekistonning uy-joy islohotlari taqdim etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 26–30-may kunlari Filippin Respublikasining Manila shahrida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Suv resurslari va urbanizatsiyani rivojlantirish 2025” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida tashkil etilgan “Pilot loyihalardan rivojlanishgacha: xususiy sektor ishtirokida uy-joy tanqisligini yengib o‘tish” nomli panel muhokamasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Urbanizatsiya jarayonlari, uy-joy qurilishi, renovatsiya va ipoteka dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Shoxruxbek G‘aniyev hamda “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ bosh direktori Murodjon Farmanov ishtirok etishdi.

Sessiyada O‘zbekistonda aholini uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida ipoteka kreditlari berishning zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilgani, uy-joy qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlari jalb etilayotgani, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflik tamoyillari asosida ishlanayotgani alohida taʼkidlandi.

So‘nggi besh yillikda umumiy maydoni 21,7 million kvadrat metrni tashkil etuvchi ko‘p kvartirali uy-joylar qurilgani, birlamchi uy-joy bozorida fuqarolar tomonidan sotib olish uchun 350 mingdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilgani va ulardan 70 mingdan ortig‘i davlat subsidiyasi asosida moliyalashtirilgani qayd etildi.

Muhokama yakunida mamlakatimizda uy-joy bilan taʼminlash tizimi bozor mexanizmlariga asoslangan holda yanada takomillashtirilishi borasida kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling