«Manchester Siti» Xusanov bilan “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi

«Manchester Siti» Xusanov bilan “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi

«Manchester Siti» Xusanov bilan “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Angliya Premyer-ligasining 32-tur uchrashuvida «Manchester Siti» mehmonda “Chelsi” ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. O‘yin Londondagi «Stemford Bridj» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim mezbonlar ustunligida o‘tdi, biroq “Chelsi” futbolchilari o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.

Tanaffusdan so‘ng «Manchester Siti» tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va bosimni kuchaytirdi. 51-daqiqada Rayan Sherkining uzatmasidan so‘ng Niko O‘Rayli bosh bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, 57-daqiqada Mark Gexi mehmonlar ustunligini ikki barobarga oshirdi, bu golda ham assist Sherki hisobiga yozildi.

68-daqiqada Jeremi Doku “Chelsi” himoyachilarining xatosidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi — 0:3. Uchrashuv oxiriga qadar natija o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Siti» 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Pep Gvardiola jamoasi yetakchi “Arsenal”dan olti ochkoga ortda qolmoqda, bir o‘yin zaxirasi ham mavjud. “Chelsi” esa 48 ochko bilan oltinchi pog‘onada joylashgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanov "Manchester Siti" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va butun o‘yinni o‘tkazdi.

 

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling