Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
«Manchester Siti» Artel Electronics bilan hamkorlikni eʼlon qildi

«Manchester Siti» Artel Electronics bilan hamkorlikni eʼlon qildi

«Manchester Siti» Artel Electronics bilan hamkorlikni eʼlon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» bugun Markaziy Osiyodagi maishiy elektronika ishlab chiqaruvchilar orasida eng yirik kompaniya hisoblangan Artel Electronics bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kompaniya portfeliga Artel, Shivaki va Avalon brendlari kiradi.

Yangi kelishuvga muvofiq, Artel Electronics klubning Rasmiy mintaqaviy hamkori, shuningdek, O‘zbekiston va mintaqaning boshqa muhim mamlakatlarida «Manchester Siti»ning eksklyuziv televizor hamkoriga aylanadi. Bu klub tarixida Markaziy Osiyodagi ilk hamkorlik bo‘lib, Angliya Premyer-ligasi klubi birinchi marta o‘zbek brendi bilan tijorat kelishuvi tuzishi hisoblanadi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston futboli uchun muhim pallaga to‘g‘ri kelmoqda: mamlakat tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi va mahalliy iqtidorlar maydonga chiqa boshladi. Hamkorlik tez surʼatlarda rivojlanayotgan O‘zbekiston futbol bozorini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, klub bilan mintaqa o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Muxlislarni klub bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma kampaniyalar, promo-aksiyalar, raqamli kontent va boshqa faoliyatlar orqali yangi imkoniyatlar kutmoqda.

City Football Group‘ning global hamkorlik savdosi bo‘yicha vitse-prezidenti Keytlin Bil shunday dedi: «Artel Electronics bilan yangi mintaqaviy hamkorlikni eʼlon qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda klubga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda va ushbu kelishuv mintaqadagi mavqeimizni yana-da mustahkamlaydi».

Artel Electronics marketing bo‘limi rahbari Nodir Hikmatillayev esa quyidagilarni taʼkidladi: «“Manchester Siti” bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun yangi davrni ifodalaydi. Biz birgalikda jahon darajasidagi futbolni O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab muxlislar uylariga olib kirishni, kelajak avlod iqtidorlarini ruhlantirishni va Yangi O‘zbekiston brendlari jahon maydonida nimalarga qodir ekanini namoyon etishni istaymiz».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling