Manchester Siti Arsenalni yengib Liga kubogini qo‘lga kiritdi

Manchester Siti Arsenalni yengib Liga kubogini qo‘lga kiritdi

Manchester Siti Arsenalni yengib Liga kubogini qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» Angliya Liga kubogi finalida “Arsenal”ni mag‘lub etib, ushbu turnirdagi to‘qqizinchi sovrinini qo‘lga kiritdi. Uchrashuv London shahridagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi va “shaharliklar”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning hal qiluvchi voqealari ikkinchi bo‘limda ro‘y berdi. 60-daqiqada Niko O‘Rayli hisobni ochdi, oradan to‘rt daqiqa o‘tib esa dubl rasmiylashtirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq o‘ynadi va 33-daqiqada sariq kartochka oldi. Ushbu sovrin u uchun ingliz klubi safidagi birinchi sovrin bo‘ldi.

G‘alaba «Manchester Siti»ga Angliyaning eng kuchli klublaridan biri sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqlash imkonini berdi, Husanov uchun esa xalqaro maydondagi faoliyatida muhim bosqichga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling