Valyuta kurslari 12/02/2026
$1 – 12287.31
UZS – -0,18%
€1 – 14644.02
UZS – -0,15%
₽1 – 158.83
UZS – -0,51%
Qidirish
“Malika” savdo kompleksida soliq intizomiga qat'iy rioya qilish masalalari muhokama qilindi

“Malika” savdo kompleksida soliq intizomiga qat'iy rioya qilish masalalari muhokama qilindi

“Malika” savdo kompleksida soliq intizomiga qat'iy rioya qilish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar soliq boshqarmasi, shahar prokuraturasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbarlari ishtirokida “Malika” savdo kompleksida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, savdo faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi. Mas'ullarga zarur topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

Shuningdek, mutasaddilar savdo majmuasi hududini o‘rganib, tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Ular savdo jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash, tushumlarni to‘liq aks ettirish, naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish, nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish hamda elektron hisob-fakturalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berdi.

O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, bugungi kunga qadar majmua hududida 129 ta yuridik shaxs hamda 267 nafar yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, 117 nafar fuqaro belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning faoliyati rasmiylashtirildi.

Mazkur manzilli va tizimli choralar yashirin iqtisodiy faoliyatni qisqartirish, halol raqobat muhitini mustahkamlash hamda budjet tushumlarini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling