Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
Malayziyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Malayziyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Malayziyada O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi tashabbusi bilan Kuala-Lumpurda “O‘zbek meva va quritilgan mevalari, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda ichimliklar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Tadbirda Malayziyaning yirik chakana va ulgurji savdo tarmoqlari, distribyutor kompaniyalari bilan bir qatorda, O‘zbekistondan tashrif buyurgan tadbirkorlar ham ishtirok etdi. Ular tomonidan mevalar, quritilgan mevalar, konservalar, suspenziyalar va boshqa qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari namoyish qilindi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari vakillari ham faol qatnashib, malayziyalik hamkorlarga mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, agrar sohadagi investitsiya imkoniyatlari va eksport salohiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchisi K. Gadoyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Kotibiyati boshlig‘i Sh.Ergashev ham so‘zga chiqib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ulkan salohiyat, mahsulotlarimizning tabiiyligi va xalqaro bozorlaridagi raqobatbardoshligi haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbir O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Malayziya bozoriga olib kirish, mahalliy distribyutorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling