Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
Malayziya bojxona boshlig‘i O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Malayziya bojxona boshlig‘i O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Malayziya bojxona boshlig‘i O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziya Qirolligi Bojxona xizmati rahbari Datuk Wira Anis Rizana binti Mohd Zainudin xonim boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida Bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonov Kuala Lumpur shahrida malayziyalik hamkasbi bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazib, bojxona sohasida oʻzaro hamkorlik istiqbollari va yoʻnalishlarini belgilab olingan edi hamda Malayziya bojxona xizmati rahbari Oʻzbekistonga taklif qilingan edi. 

Anis Rizana xonimning Oʻzbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi ayni shu kelishuvlarning amaliy natijasi boʻldi. 

Tashrifning dastlabki manzili – kecha poytaxtimizda oʻz ishini boshlagan  mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish mavzusidagi "Uzbek Import Fair 2025" I-xalqaro koʻrgazmasi boʻldi. 

Taʼkidlash joizki, koʻrgazma pavilyonlarida Malayziyadan Oʻzbekistonga eng koʻp import qilinayotgan tovarlar ham namoyishga qoʻyilgan boʻlib, mazkur mahsulotlarni malayziyalik insvestorlarni jalb qilgan holda mahalliy xom ashyo hisobiga Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Joriy yilning 9 oyida Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida oʻzaro tashqi savdo aylanmasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 33 foizga oshgani inobatga olinsa, mazkur imkoniyatlar koʻlami katta ekanligi oydinlashadi.

Anis Rizana xonim shu yerning oʻzida koʻrgazma taassurotlari yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling