Valyuta kurslari 17/09/2025
$1 – 12285.16
UZS – -0,48%
€1 – 14514.92
UZS – 0,09%
₽1 – 148.62
UZS – -0,72%
Qidirish
Maktablarda 293 344 ta o‘quvchi o‘rni foydalanishga topshirilgan

Maktablarda 293 344 ta o‘quvchi o‘rni foydalanishga topshirilgan

Maktablarda 293 344 ta o‘quvchi o‘rni foydalanishga topshirilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda respublikamizda ishga tushirilgan umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quvchi o‘rni 293 344 tani tashkil etgan.

Shuningdek, ularning qishloq joylardagi o‘quvchi o‘rni 214 087 tani tashkil etgan.

Yangi o‘quvchi o‘rinlari soni bo‘yicha Qashqadaryo viloyati peshqadam bo‘lib, bu yerda 36 758 o‘rin yaratildi. Farg‘ona viloyatida — 32 472, Samarqand viloyatida esa — 32 390 ta yangi o‘rin tashkil etildi.

Surxondaryo viloyatida 30 357, Andijonda 26 376, Namanganda 25 739, Toshkent viloyatida esa 23 628 o‘quvchi o‘rinlari ochildi. Poytaxt Toshkent shahrida 22 566 o‘rin foydalanishga topshirildi.

Eng kam yangi o‘rinlar Navoiy viloyatida — 7 220 va Sirdaryo viloyatida — 7 010 ta bo‘ldi. Qolgan hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: Xorazm viloyati — 13 263, Buxoro viloyati — 12 900, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 12 807, Jizzax viloyati — 9 858.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling