Makron Oʻzbekistonni Yevropa uchun muqobil uran yetkazib beruvchisi deb atadi
Makron Oʻzbekistonni Yevropa uchun muqobil uran yetkazib beruvchisi deb atadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Transport vazirligi 10 martdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga ikki tomonlama yo‘lovchi aviareyslarini amalga oshirishga ruxsat berdi.
Bu haqdagi tegishli xat milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan bo‘lib, uning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Hujjatda qayd etilishicha, Saudiya Arabistoniga reyslarni tashkil etishda Umra mavsumining yakunlanayotganini inobatga olish zarur. Barcha ziyoratchilar “Haj-2026” mavsumi boshlanishidan oldin mamlakatni tark etishi kerak.
Vazirlik taʼkidlashicha, aviaqatnovlar parvozlar xavfsizligi talablari, xalqaro havo tashuvlari bo‘yicha amaldagi qoidalar hamda Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vakolatli organlari tomonidan belgilangan tartib-taomillarga to‘liq rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli O‘zbekistondan Umra ziyoratiga safarlar vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Hozir esa reyslarning qayta yo‘lga qo‘yilishi xavfsiz yo‘lovchi tashuvlarini tashkil etish hamda ziyoratchilarning diniy majburiyatlarini bajarishini taʼminlash imkonini beradi.