Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Makka shahrida Islom savdo va taraqqiyot palatasi Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Makka shahrida Islom savdo va taraqqiyot palatasi Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Makka shahrida Islom savdo va taraqqiyot palatasi Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islom savdo va taraqqiyot palatasi (ICCD) Bosh assambleyasining 41-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida O‘zbekiston–Iordaniya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Hujjat O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Qurbonov hamda Iordaniya Savdo palatasi raisi, senator Xalil Muhammad El-Haj Tavfiq tomonidan imzolandi.

Mazkur kengash ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, savdo missiyalari va B2B uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, shuningdek investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun doimiy platforma vazifasini bajaradi.

Kengash doirasida farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, energetika, logistika, moliya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan.

Bu esa qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish, investitsiyalarni jalb etish va O‘zbekiston tadbirkorlarining Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoniyatlarini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling