Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi

Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi

Mahkumlarga masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mahkumning o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilandi.

Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling