Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat xarajatlari qoplab beriladi

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat xarajatlari qoplab beriladi

Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat xarajatlari qoplab beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, 2025 yil 27 maydagi PQ–193-son qarorga muvofiq “O‘zbekekspertiza” AJ (vakolatli organ) tomonidan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha to‘lov undirilmasdan ekspertizadan o‘tkaziladi.

Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Kompaniya) tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar sertifikat yoki ekspert xulosasining amal qilish muddati davomida 1 marta qoplab beriladi.

Vakolatli organ mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilib berishi uchun Kompaniyaga har hafta yakuni bilan tegishli maʼlumotlar ko‘rsatilgan reyestrni taqdim etgan holda murojaat qiladi.

Bunda vakolatli organ tomonidan reyestr Kompaniyaga elektron platforma (subsidiya.epauzb.uz) orqali yuboriladi.

Vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati Kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi va xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling