Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
«Made in Uzbekistan»: o‘zbek qurilish materiallari Rossiya va AQSH bozorlariga chiqmoqda

«Made in Uzbekistan»: o‘zbek qurilish materiallari Rossiya va AQSH bozorlariga chiqmoqda

«Made in Uzbekistan»: o‘zbek qurilish materiallari Rossiya va AQSH bozorlariga chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi milliy «Made in Uzbekistan» brendini xalqaro maydonda faol targ‘ib qilishni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston qurilish sohasining eksport salohiyatini kengaytirish doirasida Rossiya va AQSHda savdo uylari hamda shourumlar ochish ishlari amalga oshirilmoqda. Yaqin vaqt ichida yangi maydonchalar Moskva va Qozon shaharlarida, shuningdek, Nyu-Djersi shtatida ochilishi rejalashtirilgan. Bu qadamlar o‘zbek mahsulotlarini yana-da keng targ‘ib qilishga, milliy brendning mavqeini mustahkamlashga va xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan oldin uyushma qator muhim davlatlarda savdo uylari, shourumlar va omborxonalarni muvaffaqiyatli ochgan. Bugungi kunda o‘zbek mahsulotlari Ozarbayjon (Boku), Tojikiston (Dushanbe), Pokiston (Lahor), Afg‘oniston (Qobul va Mazori-Sharif), Qozog‘iston (Aqtau) va Qirg‘iziston (Jalol-Oobod) shaharlarida taqdim etilmoqda.

Ushbu maydonchalarda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega 50 dan ziyod turdagi qurilish materiallari namoyish etilmoqda: qurilish uchun quriq aralashmalar, gipsokarton listlari, keramika buyumlari, metall profillar, truba va fitinglar, bo‘yoq va laklar hamda issiqlikni saqlovchi vositalar.

Savdo uylari va shourumlar «Made in Uzbekistan» brendini mahalliy bozorlarda ilgari surish bilan birga, yangi ishbilarmonlik sherikliklarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun platforma vazifasini bajaradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling