Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Madaniyat vazirligi to‘yda qo‘shiq aytib, pul qabul qilayotgan vazir aks etgan video yuzasidan izoh berdi

Madaniyat vazirligi to‘yda qo‘shiq aytib, pul qabul qilayotgan vazir aks etgan video yuzasidan izoh berdi

Madaniyat vazirligi to‘yda qo‘shiq aytib, pul qabul qilayotgan vazir aks etgan video yuzasidan izoh berdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning to‘yda qo‘shiq ijro etib, mehmonlardan pul olayotgani aks etgan videoga izoh berdi.

Vazirlikda bildirilishicha, ushbu holat milliy anʼanalarga mos keladi va amaldagi qonunchilikni buzmaydi.

Kun.uz nashri Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari Sirojiddin Usarovga tayanib xabar qilishicha, video 2025 yil 25 oktyabr kuni vazirlik xodimlaridan birining to‘yida tasvirga olingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat oldindan rejalashtirilmagan. Vujudga kelgan vaziyatda vazirning taqdim etilayotgan pulni qabul qilmasligi to‘yda hozir bo‘lganlarni noqulay ahvolga solib qo‘yishi, hurmatsizlik yoki mensimaslik sifatida qabul qilinishi mumkin edi.

Vazirlikda taʼkidlanishicha, to‘y marosimlarida ijrochilarga pul berish qonun bilan taqiqlanmagan bo‘lib, asrlar davomida shakllangan milliy anʼanalar va madaniy qadriyatlarning bir qismi hisoblanadi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, bunday harakatlar o‘zbek urf-odatlari doirasida maqbul sanaladi.

Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov nafaqat madaniyat vaziri, balki taniqli ijrochi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq artisti, shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi ekani qayd etildi.

Uning kasbiy faoliyati bevosita milliy qo‘shiqchilik sanʼati bilan bog‘liq bo‘lib, to‘yda sodir bo‘lgan holat aynan shu kontekstda baholanishi lozimligi taʼkidlandi.

Vazirlikda qo‘shimcha qilishicha, inson, qaysi davlat lavozimini egallashidan qatʼi nazar, o‘z kasbidan to‘liq ajratib qo‘yilishi mumkin emas va ushbu holat ham shu nuqtai nazardan baholanishi kerak.

Shu bilan birga, Kun.uz xabar berishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan Madaniyat vazirligiga tegishli taqdimnoma kiritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling