Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 29/05/2025 Madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

Madaniyat va sanʼat sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ijodkor yoshlarni ko‘llab-kuvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, madaniyat va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;

madaniyat sohasida sunʼiy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

"Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli sanʼatkorlari o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Madaniyat va sanʼat yo‘nalishidagi “Start-Up” loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko‘riladi.

2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling