Lyuksemburgda YEI – O‘zbekiston hamkorlik kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa Ittifoqi (YEI) va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik kengashining 18-yig‘ilishi seyshanba, 21 oktyabr kuni Lyuksemburg shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilishga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas raislik qiladi. O‘zbekiston delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rahbarlik qiladi.
Yig‘ilish davomida tomonlar siyosiy, iqtisodiy va savdo masalalari bo‘yicha fikr almashadilar, shuningdek, hamkorlikning turli yo‘nalishlarini muhokama qiladilar. Ular orasida ichki va konstitutsiyaviy islohotlar, adliya va ichki ishlar sohasi, inson huquqlari, gender tengligi, qonun ustuvorligi, shuningdek, O‘zbekistonning GSP+ tashabbusi doirasidagi maqomi, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayoni, savdo to‘siqlari va cheklovlari, muhim xomashyolar (CRM), o‘zaro bog‘liqlik va energetika sohalariga oid masalalar bor.
Bundan tashqari, tomonlar mintaqaviy va xalqaro masalalarni ham muhokama qiladilar, jumladan, sanksiyalar bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish bo‘yicha hamkorlikni ko‘rib chiqadilar.