Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 02/08/2025 LPP S.A. 2025 yil oxirigacha 20 ta doʻkon ochadi

LPP S.A. 2025 yil oxirigacha 20 ta doʻkon ochadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 31 iyul kuni Toshkent shahridagi “Yunusabad Gallery” savdo markazida Yevropaning yetakchi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi va chakana savdo kompaniyalaridan biri — Polshaning “LPP S.A.” kompaniyasiga tegishli “SINSAY” brendining birinchi do‘koni tantanali ravishda ochildi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda mamlakatimizning Polshadagi Elchixonasi tomonidan iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, shu jumladan, Yevropaning yirik brend kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar samarasidir.

“LPP S.A.” — Polshada 1991 yilda asos solingan xalqaro chakana savdo kompaniyasi bo‘lib, bugungi kunda u beshta brend — Reserved, Cropp, House, Mohito va Sinsayorqali 40 dan ortiq mamlakatda 2000 tadan ziyod do‘konga ega. Kompaniyaning do‘konlari Polsha, Germaniya, Chexiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Qozog‘iston, Gruziya va boshqa davlatlarda faoliyat yuritadi. “LPP S.A.” kompaniyasi jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar va zamonaviy marketing yondashuvlari orqali katta muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lib, ayni paytda Yevropa va Osiyo bozorlarida o‘z mavqeini kengaytirmoqda.

“LPP S.A.” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga 2025 yilda umumiy hajmi 67 milliard so‘m bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya yo‘naltirildi. Ayni paytda mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mazkur kompaniyada 30 dan ziyod mahalliy mutaxassis doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan bo‘lib, bu yangi ish o‘rinlarini yaratish va sohaga xalqaro tajriba olib kirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng muhimi, “LPP S.A.” kompaniyasi hamda O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoati vakillari o‘rtasida hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, mahalliy korxonalar bilan qo‘shma ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini rivojlantirish borasida muzokaralar olib borilmoqda. 

Joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistondagi sarmoyalar hajmi 10 million AQSH dollariga yetkazilishi, shuningdek, mamlakatimiz hududida 20 tadan ortiq “LPP S.A.” kompaniyasi do‘konlarini tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha nafaqat isteʼmol bozorida raqobat muhitini yaxshilash, balki mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling