Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 24/03/2025 London shahrida O'zbekiston agrosanoatiga bag'ishlangan biznes-forum o'tkazildi

London shahrida O'zbekiston agrosanoatiga bag'ishlangan biznes-forum o'tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning tegishli davlat tashkilotlari, eksportyor va importyor korxonalari ishtirokida mamlakatimizning qishloq xo'jaligi sanoatiga bag'ishlangan biznes-forum hamda mahalliy korxonalar tomonidan yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ko'rgazmasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 50 dan ziyod xorijiy kompaniyalar, respublikaning eksportchi korxonalari hamda O'simliklar karantini va himoyasi agentligi mas'ullari ishtirok etdi.

Forumda ishtirokchilarga respublikaning agrosanoati, uning eksport salohiyati va hozirda mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar to'g'risida taqdimotlar o'tkazildi.

Xususan, xorijiy tomon milliy mahsulotlarning eksport geografiyasi va chet ellik investorlarga mamlakat agrosanoatida taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishtirildi.

Tadbir davomida respublika agrosanoat mahsulotlarining Britaniya bozoriga eksportini yana-da rivojlantirish, transport-logistika yo'llari va xorijiy kapital ishtirokida mahalliy qishloq xo'jaligi klasterlarini yaratish hamda ikki mamlakat hududida o'tkaziladigan nufuzli ko'rgazmalarda ishtirok etish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Britaniya kompaniyalari rahbarlari bilan alohida muzokaralar, G2B va B2B formatlarida uchrashuvlar o'tkazildi va mazkur yo'nalishdagi aniq loyihalar muhokama qilindi.

Biznes-forum doirasida mahalliy eksport qiluvchi korxonalar tomonidan meva-sabzavotlar, mevali sharbatlar, quruq mevalar, shirinlik va qandolat mahsulotlarining taqdimotlari o'tkazildi.

Tadbir yakunida O'zbekistonda "Global G.A.P" va xalqaro standartlarni rasmiylashtirishga ko'maklashuvchi markaz ochish maqsadida Britaniyaning "Best produce" (INT UK LTD) kompaniyasi bilan O'simliklar karantini va himoyasi agentligi huzuridagi Eksport shtabi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling