Lixachyov: O‘zbekistonda qurilayotgan kichik AES — Rossiyaning yadroviy energetikadagi birinchi eksportbop mahsulotiga aylanadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kichik atom elektr stansiyasi (AES) loyihasi dunyodagi ilk modulli yadroviy energetika sohasidagi eksportbop mahsulot bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov TASS agentligiga maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda qurilayotgan kichik modulli AES yadroviy energetikaning yangi avlodidagi birinchi tarixiy eksport loyihasi bo‘ladi. Shuningdek, loyiha doirasida stansiya hududida ikkita yirik gigavattli energiya bloklarini qurish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuv 2024 yil bahorida erishilgan, shu yil kүzda esa loyiha va muhandislik ishlarini boshlashni nazarda tutuvchi protokol imzolangan.
Loyihaga muvofiq, mo‘ljallangan 6 ta energiya blogining har biri 55 megavatt quvvatga ega reaktor bilan jihozlanadi.
Qurilish ishlari 2025 yil yozida boshlanishi kutilmoqda. Stansiya 2029 yildan 2033 yilgacha bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.
Aleksey Lixachyov taʼkidlaganidek, loyiha O‘zbekiston tomoni mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, hozirgi bosqichda Rossiya kreditini jalb etish rejalashtirilmayapti.
Bu loyiha O‘zbekistonda yadroviy energetikaning ilk namunalaridan biri bo‘lib, mamlakatning barqaror energiya taʼminoti va texnologik taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.