“Linde” “Navoiyazot” ishlab chiqarish samaradorligi va ekologik tozaligini oshirishga yordam beradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Germaniyaning “Linde” kompaniyasi vakillari “O‘zkimyosanoat”AJ va “Navoiyazot”AJ mutasaddilari bilan uchrashdilar.
Muloqotda korxona negizida barpo etiladigan havoni taqsimlash uskunasini qurish va ishga tushirish borasida o‘zaro fikr almashildi.
Mehmonlar loyihaning ahamiyati, uning dolzarbligi, hamkorlik istiqbollari xususida ma’lumot berdilar.
Quvvatning ishga tushishi bilan yiliga 200 million metr kub kislorod, 224 million metr kub azot yetkazib beriladi hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.
Muzokaralar davomida bunyodkorlik ishlaridan tortib, loyihaning ishga tushishigacha bo‘lgan barcha jarayonlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi, muhim vazifalar belgilab olindi.