Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Sport 25/08/2025 “Legionerlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

“Legionerlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida «Legionerlar klubi» tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorida qayd etilgan.

Qarorga ko‘ra,Milliy futbol markazida quyidagilar tashkil etiladi:

iqtidorli futbolchilarni erta aniqlash bo‘yicha Raqamli futbol situatsion markazi;

futbol uchrashuvlarini markazlashgan tarzda video yordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalangan holda kuzatish uchun “VAR” markazi;

axborot tizimidagi maʼlumotlarni saqlash uchun “DATA futbol” markazi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida “Legionerlar klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

“Legionerlar klubi”ga xorijda faoliyat yuritayotgan (yuritgan) o‘zbekistonlik yuqori mahoratli professional futbolchilar va boshqa futbol mutaxassislari jalb qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling