Latviyaning milliy aviakompaniyasi bort jurnali O‘zbekiston haqida hikoya qilmoqda
Latviyaning milliy aviakompaniyasi bort jurnali O‘zbekiston haqida hikoya qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Latviyaning yagona aviatsiya nashri va milliy tashuvchi “airBaltic”ning rasmiy jurnali bo‘lgan Baltic Outlook bort jurnalida “O‘zbekistonga xush kelibsiz” nomli maqola chop etildi.
Baltic Outlook bugungi kunda mamlakatning eng ommabop sayyohlik jurnallari qatoriga kiradi va o‘quvchilarni turli davlatlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtiradi. Nashr Riga xalqaro aeroporti yo‘lovchilari orasida, shuningdek, aviakompaniyaning Yevropa va Yaqin Sharqning 40 dan ortiq yo‘nalishlariga, jumladan Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlarga parvozlarida tarqatiladi.
Nashrda O‘zbekistonning asosiy sayyohlik yo‘nalishlari, milliy oshxonaning o‘ziga xos jihatlari, chet ellik sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, mamlakatning betakror tarixiy va madaniy merosi batafsil yoritib berilgan. Zamonaviy interaktiv yechimlardan, xususan QR-kodlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarga chop etilgan matndan raqamli sayyohlik platformalariga o‘tish va qo‘shimcha materiallarga, jumladan videolarga kirish imkonini beradi.
Nashrning Latviya milliy aviakompaniyasining bort jurnalida joylashtirilishi O‘zbekistonning xavfsiz, ochiq va jozibador sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi xalqaro imidjini mustahkamlashga, shuningdek, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari aholisi orasida uning tanilishini oshirishga xizmat qiladi.