Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
Latviya va Belarus chegaralarida 150 dan ortiq oʻzbek yuk mashinalariga yordam koʻrsatildi

Latviya va Belarus chegaralarida 150 dan ortiq oʻzbek yuk mashinalariga yordam koʻrsatildi

Latviya va Belarus chegaralarida 150 dan ortiq oʻzbek yuk mashinalariga yordam koʻrsatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Chegaralarda to‘planib qolgan milliy tashuvchilarning 150 dan ortiq yuk avto transport vositalariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Belarus va Litva davlatlari chegara punktlarining vaqtinchalik yopilishi munosabati bilan Litva-Latviya hamda Belarus – Latviya chegara o‘tkazish punktlarida to‘planib qolgan milliy yuk tashuvchilarning avtotransport vositalariga yordam berish maqsadida operativ holda Transport vazirligi, O‘zbekistonning Latviya hamda Belarus Respublikalaridagi elchixonalari, shuningdek, Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ular tomonidan joyiga chiqqan holda joriy yilning 13-15-noyabr kunlari Zarasay – Medumi (Litva – Latviya) chegara hududida, 12-15-noyabr kunlari Polotsk (Belarus) chegara hududida milliy tashuvchilarning avtotransport vositalarini Latviya davlatidan tranzit o‘tkazib yuborilishini ta’minlash maqsadida jami 229 dona tegishli turdagi ruxsatnoma blankalari bevosita haydovchilarga tarqatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling