Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Latviya Litva–Belarus chegarasidan o‘tolmay qolgan o‘zbek yuk mashinalari uchun yo‘lak ochdi

Latviya Litva–Belarus chegarasidan o‘tolmay qolgan o‘zbek yuk mashinalari uchun yo‘lak ochdi

Latviya Litva–Belarus chegarasidan o‘tolmay qolgan o‘zbek yuk mashinalari uchun yo‘lak ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Latviya Litva va Belarus chegarasi yopilganidan keyin u yerda to‘xtab qolgan O‘zbekiston yuk transport vositalari uchun tranzit yo‘lagini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi maʼlum qildi.

Muammoni hal etish maqsadida vazirlik Xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) ko‘magida O‘zbekistonning Latviya va Belarusdagi elchixonalari hamda mahalliy davlat idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzdi.

12 noyabrdan boshlab, tranzit ruxsatnomasi bo‘lmagan haydovchilarga Latviya orqali o‘tish uchun ruxsat blanklari Belarus hududidagi Polosk shahrida berila boshladi. 13 noyabrdan esa ruxsatnomalar Latviya–Litva chegarasidagi Medumi — Zarasay nazorat-o‘tkazish punktlarida beriladi.

Blanklar Transport vazirligining E-Avto Ruxsatnoma tizimi orqali yuborilgan arizalar asosida beriladi va jarayon 15 noyabrgacha davom etadi.

Ruxsat olishda ustuvorlik 29 noyabrgacha — Litva oxirgi ochiq bo‘lgan Medininkay va Shalchininkay punktlarini yopgunga qadar — Litva–Belarus chegarasida yuk bilan turgan tashuvchilarga beriladi.

Shundan so‘ng ruxsatnomalar Latviyaning 2023 yil 7 iyuldagi Hukumat qaroriga muvofiq umumiy taqsimot hajmi doirasida, keyin esa yangi kelgan tashuvchilarga beriladi. 17 noyabrdan boshlab Mintrans E-Avto Ruxsatnoma orqali kelib tushgan so‘rovlar bo‘yicha qolgan tranzit hujjatlarni rasmiylashtirishni boshlaydi.

Ruxsatnoma olish uchun tashuvchilar yuk mashinasining texnik pasportini, xalqaro tashish litsenziya varag‘ini, TIR kitobchasini (mavjud bo‘lsa), xalqaro tovar-transport yo‘lxati hamda litsenziyalangan tashuvchining muhri yoki shtampini taqdim etishi lozim.

Transport vazirligi taʼkidlaganidek, ruxsatnoma berishda jiddiy nazorat o‘rnatiladi — ruxsatnomalarni uchinchi shaxsga berish, asossiz yo‘qotish, 90 kunlik foydalanish muddatini buzish yoki transport vositasiga nisbatan cheklovlar va sanksiyalar mavjud bo‘lgan holatlarda ular berilamaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling