Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
“Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi

“Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi

“Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “Barsakelmes” tuz konida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:

2026 yilda kamida 50 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirish;

2026–2030 yillarda jami 200 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish.

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Kungrad Salt Free Zone” sanoat zonasi tashkil etiladi.

2025–2026 yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, Sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.

Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling