Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Kuala-Lumpurda Fargʻona viloyati savdo va logistika markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Kuala-Lumpurda Fargʻona viloyati savdo va logistika markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Kuala-Lumpurda Fargʻona viloyati savdo va logistika markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazning ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Farg‘ona viloyati delegatsiyasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Karomiddin Gadoyev ishtirok etdi.

Tadbirda mazkur savdo-logistika markazida Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarilayotgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etilishi, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish, eksport hajmlarini oshirish hamda O‘zbekiston va Malayziya tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, ushbu markaz Farg‘ona viloyati korxonalari uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqishda muhim maydon bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar savdo-logistika markazida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling