Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
KRT 24,56 milliard so‘mni dividendlarga yo‘naltirdi — aksiyaga 18,27 so‘m

KRT 24,56 milliard so‘mni dividendlarga yo‘naltirdi — aksiyaga 18,27 so‘m

KRT 24,56 milliard so‘mni dividendlarga yo‘naltirdi — aksiyaga 18,27 so‘m

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Savdoni rivojlantirish kompaniyasi» (KRT)ning 2024 yildagi 49,12 milliard so‘mlik sof foydasi yagona aksiyador — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA)ning 2025 yil 16 sentyabrda qabul qilingan qaroriga muvofiq taqsimlandi.

Ushbu mablag‘dan 24,56 milliard so‘m dividendlar to‘lashga, yaʼni aksiyaga 18,27 so‘mdan hisoblandi. 24,30 milliard so‘m zaxira jamg‘armasini shakllantirishga yo‘naltirildi, 245,59 million so‘m esa kompaniyaning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratildi.

Shu bilan birga, KRTning ustav kapitali 12 milliard so‘mga kamaytirilib, 1,33 trillion so‘m etib belgilandi. Taʼkidlanishicha, bunday tuzatish ustav kapitalini shakllantirishda aniqlangan farqlar bilan bog‘liq.

KRT faoliyatini yagona aksiyador nomidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov boshqarmoqda. Uning vakolatlari davlat nomidan DABA tomonidan 2024 yil 2 dekabrda berilgan ishonchnoma bilan mustahkamlangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling