Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
Krispy Kreme O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Krispy Kreme O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Krispy Kreme O‘zbekiston bozoriga kirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerikaning yangi pishirilgan donatlari va mashhur Hot Light yozuvi bilan tanilgan brend, Krispy Kreme kompaniyasi 2025 yil oktyabr oyida O‘zbekistondagi ilk do‘konini rasman ochadi.

Brendning debyuti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Krispy Kreme bu yerda Food Town Logistics-Group, LLC kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyatni boshlaydi.

Shartnoma doirasida o‘zbek franchayzisi tez surʼatda rivojlanishni rejalashtirmoqda — kelgusi besh yil ichida mamlakat bo‘ylab 70 tadan ortiq do‘kon ochish mo‘ljallangan.

Krispy Kreme bosh direktori Josh Charlsvortning taʼkidlashicha, O‘zbekistondagi faoliyatni boshlash kompaniyaning xalqaro bozorlarda o‘z ishtirokini kengaytirishga qaratilgan global strategiyasining bir qismi hisoblanadi:

«Biz Krispy Kreme shodligini dunyo bo‘ylab yangi muxlislar bilan baham ko‘rayotganimizdan mamnunmiz. Ispaniyadan to Braziliya va O‘zbekistongacha — bizni hamma joyda bir narsa birlashtiradi: ilk bor bizning iliq, yangi ponchiklarimizni tatib ko‘rayotgan odamlarning quvonchi».

O‘zbekiston bozoriga kirish brendning xalqaro kengayishining yangi to‘lqinida muhim bosqich bo‘ladi. 2025 yilda kompaniya Ispaniyaning Madrid shahrida ilk do‘konini ochdi va hozirda Braziliyada savdo nuqtalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

1937 yilda asos solingan Krispy Kreme AQSHning Uinston-Seylem shahridagi kichik nonvoyxonadan boshlab, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritayotgan global tarmoqqa aylangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling