Valyuta kurslari 25/09/2025
$1 – 12219.08
UZS – 0,39%
€1 – 14379.41
UZS – 0,11%
₽1 – 145.97
UZS – 0,03%
Qidirish
Kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablar belgilandi

Kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablar belgilandi

Kredit byurolarining axborot tizimlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablar belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Kredit byurolarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar to‘g‘risida"gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3679-son, 23.09.2025 y).

Mazkur Nizom kredit byurolarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir minimal talablarni belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash xizmati tashkil etiladi.

Shuningdek, kredit byurolari axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va Markaziy bank bilan kelishishi lozim.

Kredit byurolari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash bo‘yicha reyting axborot tizimi Markaziy bank tomonidan yuritiladi.

Bundan tashqari, kredit byurolari axborot tizimlaridan maʼlumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoyalash bo‘yicha DLP (Data Loss Prevention) tizimi joriy etilishi shart.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling