Kotta Bola tarixi: qanday qilib Shamsher Chorshanbiyev taksopark ochib, ikki yil ichida 6 milliard so‘mlik aylanmaga erishdi
Kotta Bola tarixi: qanday qilib Shamsher Chorshanbiyev taksopark ochib, ikki yil ichida 6 milliard so‘mlik aylanmaga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taksopark asoschisi ish boshlashdagi ilk qadamlarini, duch kelgan sinovlarini va TBC Business unga qanday yordam berganini so‘zlab berdi.
Kotta Bola Taxi Surxondaryodan chiqqan “jaydari yigit”ning chapani g‘oyasi edi. Bugun minglab haydovchilar bu nomni biladi. Uning asoschisi Shamsher Chorshanbiyev kompaniyani qanday yo‘lga qo‘yganini, ilk xatolardan chiqargan xulosalarini va TBC Business qanday qilib unga yangi marralarga yetishda hamroh bo‘layotgani bilan bo‘lishdi.
Ilk qadamlar
Shamsher Chorshanbiyev Surxondaryoda tug‘ilgan. 2017-yilda u Toshkent davlat texnika universitetining mexanika fakultetida o‘qish uchun poytaxtga ko‘chib keladi. Puli deyarli yo‘q edi, shuning uchun qarindoshlarinikida yashab, pul topish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilardi.
Birinchi jiddiy ish kutilmagan tarzda topildi — u OLX orqali mahalliy taksopark egasi Anvarbek Sultonov bilan tanishib qoldi. Ishga qoʻyilgan yagona talab esa — kompyuterdan foydalana olish edi. Ertasi kuniyoq Shamsher haydovchilar uchun litsenziyalarni rasmiylashtirishga kirishdi.
“Anvar aka doim shunday derdi: ‘Agar o‘sishni istasang, sendan so‘ralganidan ko‘proq ish qilishni o‘rgan’. Bu gap miyamda qattiq muhrlanib qolgan”, — deydi Shamsher.
Taksi bozori o‘zgargach
2018-yilda O‘zbekistonga taksi agregatori kirib keldi va bozor tubdan o‘zgardi. Shamsher buyurtmalar ko‘payib, haydovchilarga talab oshayotganini kuzatib borardi. Ammo vaqt o‘tishi bilan u tushundiki, begona kompaniyada karyera imkoniyatlari tor boʻlarkan.
U pul yig‘a boshladi va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish rejasini tuzdi. 2023-yilda, birinchi ishidan olti yil o‘tgach, Shamsher “Kotta Bola Dostavka” va “Kotta Bola Taxi”ni ochdi.
“Men ikki yo‘nalishni — ham taksi, ham yetkazib berishni boshqara olaman deb o‘ylagan edim. Yanglishgan ekanman. Ko‘p kuch va mablag‘ sarfladim. Keyinchalik faqat “Kotta Bola Taxi”ga e’tiborimni qaratdim va bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi”.
Birinchi taksopark va uning qiyinchiliklari
Birinchi taksopark Yunusobodda ochildi. Shamsher biznesning oldingi joyidagidek yurishi mumkinligiga ishonardi: “Avvalgi joyimizda kuniga 20 000 ta buyurtma bajarardik, bu yerda ham xuddi shunday bo‘ladi deb o‘ylagandim”.
Ammo Kotta Bolani hech kim tanimas ekan. Haydovchilar kelmayapti, mijozlar ishonmayapti. Shuning uchun strategiyani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi:
- haydovchilarga beriladigan bonuslar ko‘paytirildi;
- naqd pul yechib olish osonlashtirildi;
- mijozlar uchun sodiqlik dasturi ishlab chiqildi;
- targ‘ibotga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.
Biznesni boshlash uchun shaxsiy mablag‘dan taxminan 30 000 dollar sarflandi. Reklama uchun ham qariyb shuncha mablag‘ sarflandi — asosan maqsadli e’lonlar va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga. Ammo eng qiyini bu — odamlar.
“Yaxshi haydovchilarni topish qiyin. Men hamma narsani sinab ko‘rdim — reklama, tavsiyalar, shaxsiy qo‘ng‘iroqlar. Lekin muhimi faqat odamni topish emas, balki uni ushlab qolish. Bu hamon oldimizda turgan asosiy vazifa bo‘lib qolmoqda”.
Nima uchun Kotta Bola
“Kotta Bola” nomi 2020-yillarda yoshlar orasida urfga aylandi: oynalari qoraytirilgan qora Gentra, o‘ziga xos uslub, erkinlik va mustaqillik. Shamsher bunday nomlanish maqsadli auditoriyaga aynan mos kelishiga ishondi.
TBC Business kompaniyaning o‘sishiga qanday yordam bermoqda
Biznes rivojlana boshlagach, aylanma mablag‘larga ehtiyoj tug‘ildi. Pulni tezda muomaladan chiqarib olishning imkoni bo‘lmasdi. Yechim sifatida TBC Business onlayn platformasi tanlandi.
“To‘g‘risini aytsam, bu haqiqiy xizmat ekaniga ishonmagan edim. Lekin hisob ochib, ariza topshirishga qaror qildim va bir necha kundan so‘ng pul oldim. Qo‘llab-quvvatlash xizmati 24 soat ishlaydi, hamma narsa onlayn va navbatsiz. Bu Kotta Bola’ning rivojlanishini ancha tezlashtirdi”.
TBC Business biznesni rivojlantirish uchun 10 million so‘mdan 300 million so‘mgacha garovsiz va yashirin to‘lovlarsiz, to‘liq onlayn tarzda, yillik 33 foizdan 38 foizgacha stavka bilan, 3 oydan 36 oygacha muddatga kreditlar taklif etadi.
Bundan keyin nima?
Bugungi kunda Kotta Bola Toshkentda to‘rtta filialga va o‘n mingdan ortiq haydovchiga ega, oylik aylanmasi esa 5-6 milliard so‘mni tashkil etadi. Keyingi maqsad — o‘z ofislarini ochish, korporativ mijozlar uchun VIP xizmatini yo‘lga qo‘yish va boshqa shaharlarga chiqish.
Reklama