Korzinka IPOga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — Zafar Hashimov
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Anglesey Food kuzatuv kengashi raisi Zafar Hashimov ilk bor Korzinka kompaniyasining IPOga chiqishi ehtimoli haqida gapirdi. Bu haqda tadbirkor Bloomberg agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Korzinka supermarketlar tarmog‘i asoschisining so‘zlariga ko‘ra, u aksiyalarning ilk ommaviy joylashtirilishi (IPO) variantlarini ko‘rib chiqmoqda, ammo hozircha aniq muddat belgilanmagan.
«O‘zbekistondagi xatarlar to‘liq boshqarib bo‘ladigan darajada, — dedi Hashimov. — Mamlakatda amalga oshgan o‘zgarishlar orqaga qaytmas tus olgan», — deya uning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.
Kompaniyada taʼkidlanishicha, hozirda keyingi rivojlanish uchun turli ssenariylar o‘rganilmoqda, shu bois IPO bo‘yicha aniq izoh berish hozircha erta.