Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi

Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi

Korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 30-dekabrda Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-270-sonli Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda tashkil etiladi.

2026 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlarida

2030 yilgacha bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi joriy etiladi. Bunda:

ushbu tizim birinchi navbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi natijalariga ko‘ra “qoniqarsiz” deb baholangan davlat organlari va tashkilotlarida joriy etiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimini joriy etish Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimining belgilangan muddatlarda joriy etilmaganligi davlat organi yoki tashkiloti rahbari va o‘rinbosarlariga tizim joriy etilgunga qadar bo‘lgan muddatda barcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatib turilishiga sabab bo‘ladi.

Agentlik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari, ilmiy muassasalar, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari va fuqarolik jamiyati institutlarining doimiy hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini olishning yaxlit tizimi joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026 yil 1 iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi, jumladan:

Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor maʼlumot almashish;

Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida taʼqib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni taʼsis etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling