Koreyalik investorlar Farg‘onada biznes yuritishga katta qiziqish bildirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga investitsiya kiritgan va yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan koreyalik investorlar hamda ularning farg‘onalik hamkorlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda investorlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi istiqbolli loyihalar taqdimot qilindi.
Xususan, Koreya texnologiyasi asosida chiqindidan energiyaga aylantiruvchi elektr stansiyasi loyihasi, qurilish sohasida yangi yo‘nalishlar, issiqxonalar uchun plyonka ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bo‘yicha amalga oshirilmoqchi bo‘linayotgan loyihalar, shuningdek, Marg‘ilon shahrida faoliyati yo‘lga qo‘yililgan MGT Global tikuvchilik korxonasini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq tashabbuslar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi investorlar tomonidan taqdim qilingan har bir loyiha Farg‘ona viloyati uchun muhim ekanligini qayd etib, har bir loyiha qo‘llab-quvatlanilishi, kerakli ko‘mak ko‘rsatilishini maʼlum qildi. Tadbirkorlarga investorlarning ishlashlari uchun ko‘maklashishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.