Koreya kompaniyalarini «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteriga jalb etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Koreya kompaniyalarini «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteriga jalb etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “The Standard Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Janob Kim Sonnam hamda “Korea Medical Devices Association” ijroiya direktori Janob Xan Yonsub bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida korey kompaniyalarini «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteriga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Koreya tomoni «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteriga hududida Koreya tibbiy uskunalar ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi vakolatxonasini ochishga qiziqish bildirdi.
Ushbu vakolatxona orqali 30 dan ortiq koreyalik tibbiy uskuna ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tanishuv maqsadida “Korea Medical Devices Association” va “The Standard Co., Ltd” rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi 2026 yil mart oyiga belgilandi.